суббота, 23 марта 2013 г.


Tadbirkor bo’lish uchun nima qilish kerak?


Tadbirkorlik faoliyati (bundan keyin TF deb yuritiladi) bilan shugullanish uchun avvalambor siz oz firmangizga ega bolishingiz kerak. Buning uchun siz o’zingiz yashayotgan shaharning hokimligiga borib, firma ochishlik niyatingiz borligini aytasiz. Buning uchun ba’zi ma’lumotlarni oldindan tayyorlab borsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi:
1)      Firmangizga uchun nom
2)      Yer (offis, uy) kadastri bilan bog’liq hujjat tasdiqnomasi. (Xoxlang o’z uyingizniki, xox offisingiz binosiniki )
3)      O’zingizni tasdiqlovchi hujjatlar (Passport)
4)      Firmangiz muhri
5)      Bankda hisob raqam 

(Bular haqida to’liq ma’lumotni, hokimlik beradi. Umumiy hujjat ishlari sizga o’rtacha 200-300 ming so’m atrofida to’g’ri keladi.)

Xo’sh firma ochdingiz, endichi? Endi siz o’z yo’nalishingizni tanlaysiz:
1)      Xizmatlar-(Paynet, yetkazib berish, mahsulot tashish, o’rnatish…) Bunday faoliyat talabalar, yangi ish boshlaganlar uchun ayni muddao. Chunki, bular unchalik qimmat emas, qo’rqitadigan deyarlik hech qanday havf yo’q.
2)      Ishlab chiqarish mahsulotlari-ya’ni agar siz qandaydir mahsulot ishlab chiqarsangiz ularni keng ko’lamda sotishingiz kerak. Buning uchun ancha-muncha tajriba kerak bo’ladi.
3)      Qurilish ishlari-bu turdagi faoliyat, eng daromadli va shu paytning o’zida eng ko’p diqqat, mas’uliyat, e’tibor, pul, asab talab qiladigan faoliyatdir. Chunki, bu turdagi faoliyatning ko’lami o’rtacha-     
 2 000.000 so’mdan boshlab-10 mlrd miqdorgacha balki undan ham ko’proqqa cho’zilishi mumkin. Shuning uchun ham tajribasi yo’qlar bunday ishlarni avval obdon o’rganib keyin boshlash maqsadga muvofiq.

Umuman olganda har-bir ishda oldindan yaxshilab o’ylab ish tutish avzal. Xalqimizdagi “Agar tillani qanday ishlatishni bilmasang, uni topganingni keragi yo’q ” degan ibora bejiz emas axir.
      Demak, firma ochildi, faoliyat tanlanildi endichi? Endi, tanlagan faoliyatingizga muvofiq ish kerak. Uni qayerdan topish mumkin? Mamlakatimiz olib borayotgan odilona siyosat natijasida ko’p ishlar qilinyabti. Masalan: TF bilan shug’ullanuvchi firmalarning solig’i ish ko’lamining atigi 7% ni tashkil etadi. Ya’ni agar siz 10 million so’mlik ish bajargan bo’lsangiz, bu uning 700 ming so’mini tashkil qiladi. Ba’zi bir davlatlarda esa solig’ o’rtacha 15% ni tashkil qiladi. Shuning uchun ham AQSH dagi har 10 firmadan 7 tasi faoliyatining birinchi 5 yilida kasotga uchraydi. Boshqalar esa soliq to’lamaslik uchun turli xil mahinatsiyalarni ishga soladi. Bu esa oxir borib qamoqqa olinadi degani. Bundan tashqari, bizda agar TF ni boshlagan bo’lsangiz, sizga hech qanday kuchlar ta’sir o’tkaza olmaydi, chunki zo’ravonlikka davlatimiz qonunda ham, amalda ham yo’l qo’ymaydi. Buni solishtirish uchun Turkiyani olaylik. Davlat qonuni bo’yicha har bir tadbirkor erkin, ammo u yerda ko’proq hollarda Qurol Kuchi ustun keladi. Ya’ni biror bir tadbirkorning firmasi ma’lum zo’ravonga “qarashli” xududda faoliyat yuritayotgan bo’lsa, demak o’sha zo’ravonga Ximoya xaqqi to’lashligi kerak. Bu haq boshqa zo’ravon, bu odamga ish yuritishga halaqit bermasligining belgisi. Agar tadbirkor bosh tortsa yo ishini, yo tinchligini yoki (ko’proq xollarda) hayotini to’xtatishiga to’g’ri keladi. Yaratganga beadad shukrlar bo’lsinki bizda bunday ishlar deyarli kuzatilmaydi.
      Bizda imkoniyatlar juda ko’p shunchaki xalqimizda ruslar davridan qolib ketgan noshukrlik bor xolos.
      Xo’sh. Leksiyani to’xtatib davom etamiz…
Davlatimiz yaratib bergan va biz sizlarga  ma’lumot bermoqchi bo’lgan yana bir imtiyoz bu tadbirkolar uchun maxsus internet web-saytlaridir. Bulardan: Torg.uz, davlatxarid.uz va boshqalar. Biz sizlarga davlatxarid.uz saytini taklif qilamiz.
     
Bu saytda siz yosh tadbirkormisiz, yoki tajribalikmi, faoliyatingizga bogliq elon, taklif, tanlov, tenderlarni topishingiz mumkin.
      Bu saytga kirgach siz ekraningizda 5 sahifani ko’rasiz: 


 
Bu saytda 100.000 $ gacha bo’lgan ishlar ro’yxati tuzilgan. Avval saytni O'zbekchaga o'girishimiz kerak, buning uchun kursor (Sichqoncha)ni ekranning o'ng tomonidagi o'zbek bayrog'iga olib borib tugmani bosamiz.



 
Endi esa, bo'limlar bilan tanishib chiqamiz!

E'lonlar bo'limi- Bu mamlakatdagi barcha turdagi e'lonlar, tenderlar, tanlovlar joylashtirilgan. Ularning ichida davlat tenderlari ham, nodavlat tanlovlar ham bor.

Davlat xaridlari- Bu yerda faqatgina davlat tanlov, tenderlari mavjud

Tadbirkor takliflari- Bunda nomidan kelib chiqib bilishimiz mumkin, tadbirkorlar o'rtasidagi takliflar o'rin olgan.

Nodavlat xaridlar- Bu bo'limda  nodavlat tashkilotlar yoki shxslar tomonidan tayyorlangan e'lonlar o'rin olgan.

 Bu sahifalar yordamida siz ozingiz xoxlagan turdagi elon, taklif, tanlov, tenderlarni tanlab faoliyat yuritishingiz mumkin.

 



 
Masalan: Aytaylik siz Qurilish faoliyatidagi firma rahbarisiz va sizga 20.000.000 so’mlik ish kerak. Demak, buning siz shu sayt orqali sahifalardan birini tanlaysiz va sahifaning chap tomonining o’rta qismida kichik yozuvlarni ko’rasiz (300$ gacha bo’lgan e’lonlar, 300 $ dan yuqori bo’lgan e’lonlar…) O’sha yozuvlardan birini tanlashingiz yoki, yuqoridagi 5 sahifadan birma bir izlab ko’nglingiz tusaganini tanlashingiz mumkin.


Sahifalar ichida mamalakatimizning deyarli har bir viloyatiga doir e’lonlar mavjud. (Yangi ish boshlagan yosh tadbirkorlarga o’ziga yaqin bo’lgan shahar /tuman ishlarini tanlash maqsadga muvofiq, chunki ko’zda tutilmagan chiqimlar koefissenti ancha kamayadi)

      Demak, biror bir e’lonni tanladingiz, endi esa o’sha tanlagan e’loningiz haqidagi ma’lumotlarni biror bir yerga yozib qo’ying…
1)      E’lon Loti-Masalan: 2236596
2)      Ish ko’lami- Masalan: 20.000.000 so’m
3)      Ish joyi- Jahon tillari institute/ Toshkent
 Endi esa, agar tanlagan ishingizni bajarmoqchi bo’lsangiz, siz ro’yhatdan o’tgan viloyat Birjasiga borib o’zingizga Broker tanlaysiz. Siz tanlagan Broker sizga INN raqami beradi. Siz o’z Brokeringizga siz tanlagan ishning LOT raqamini ko’rsatib, shu ishda qatnashmoqchiligingizni aytasiz. Shunda u siz uchun o’sha tanlovda qatnashadi. Darvoqe, tanlovda g’olib bo’lishingiz uchun, standart summadan ozroq, pul taklif qilishingiz to’gri bo’ladi. Chunki u yerda xuddi bozordagidek savdolashish ketadi. Ya’ni aksiya uyushtirayotgan tashkilot ishni sifatli, ko’zlagainidan ko’ra arzon xolda bitishini xoxlaydi. Shuning uchun tadbirkorlar o’rtasida tanlov ketadi. Masalan: Siz 20.000.000 lik obyektga 19.500.000 so’mlik taklif kirityabsiz. Ammo, boshqa firma esa bu ishni 19.000.000 so’mga bitkazmoqchi. Ko’rinib turibdiki raqibingiz bu ishda g’olib bo’lib chiqish imkoniyati ko’proq. Bu bizness!

            Muvoffaqiyatlik tadbirkor bo’lish uchun, ko’p qobiliyatlarga ega bo’lishlik kerak. Buning uchun esa siz shaxsiy qobiliyatlaringizni rivojlantirishingiz kerak. Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozirda har qanday ma’lumot, yangilik 6 oydan so’ng eskiradi. Bu “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” maqolimiz, hozirgi davrda naqadar o’rinliligini tasdiqlaydi.

Qobiliyatlaringizni rivojlantirishning yo’llari:
1)      Sizga haqiqatda kerak bo’lgan muhitni toping.
Chunki, sizning atrofingizdagi odamlar sizning g’oya, fikr, qiziqishlaringizga mos kelishi kerak. Aytaylik, siz biror odamga o’z g’oyangini aytdingiz, uning esa fikri hayoli ichkilik, kayf-u safo, ijtimoiy tarmoq (odnoklasniki, facebook,…) serial, qizlar kabi behuda narsalardan holi emas. Albatta, u ustingizdan kulishi turgan gap. Sabab u hali ham yoshligidagi dunyoqarashi bo’yicha qolib ketgan. Uning bechora miyasi siz uchun dohiyona bo’lgan fikrni qabul qila olmaydi. Uning harakatlari sizning jahlingizni chiqarishi, kayfiyatingizni buzishi, va hattoki g’oyangizdan voz kechishingizga olib kelishi mumkin. Eng to’g’ri yo’l o’sha odamdan vaqtinchalik voz kechish emasmikan…? Agar siz TF ga qiziqayotgan bo’lsangiz, u holda o’zingizga o’xshagan insonlardan tashkil topgan guruhlarga qo’shilishingiz maqsadga muvofiq. Masalan “Kelajak Ovozi” markazida “Yosh tadbirkorlar” klubi tashkil etilgan. Yoki Tarmoqli marketing kompaniyalarining uchrashuvlariga boring. (Yodingizda tuting: Tarmoqli marketing bilan shug’ullanishdan oldin, u kompaniyaning bizning davlatimiz ruhsat bergan mezonlari bormi? Tekshirib ko’ring!) Bunday muhit sizga, kerakli bilim, malaka, va hattoki zavq beradi. Chunki aynan shunday joylar yordamida siz porloq kelajagingiz sari oldinlab borasiz.
2)        Dunyoqarashingizni kengaytiring.
 Buning yo’llari ko’p: Kitob o’qish, mashhur biznesmenlarning audio kassetalarini tinglash, seminar-treninglarda qatnashish, katta biznessmenlar bilan bo’lib o’tadigan suhbatlarda qatnashish va hokazo. Kitoblar: O’zbek tilida bu sohada ayni paytda kitoblar ko’p. Bulardan boshlang’ich bosqich sifatida quyidagi kitoblarni taklif qilamiz:
1.      Ravshan Xonniyoz: “Omad zinasining yetti pog’onasi”,  “Bobilning eng boy odami”, “Besh dengiz osha”
2.      Jim Ron: “Boylik kaliti”
3.      Robert Kiosaki: “Boy ota, kamba’gal ota”, “Boy bola, aqlli bola”, “Pul oqimi kvadranti” …
Agar siz chet-tillarida ham kitob o’qiy oladigan bo’lsangiz, unda balli! Chunki rus-ingliz tillarida bunday kitoblar qalashib yotibdi. Ammo ularni tarjima qilish uchun bizningcha kadrlarimiz, tashabbuskor yoshlarimiz yetishmayabti. Agar siz ularni o’qisangiz, aminmizki, siz dunyoga o’zgacha nazar bilan boqishni boshlaysiz.  
Kitoblar borasida diniy kitoblar haqida ham alohida to’xtalib o’tishlik kerak. Chunki Islom dinida aynan Halol Rizq haqida, rizqqa baraka keltirish, qalb xotirjamligiga erishish haqida ma’lumotlar talaygina. Bularga audio mav’izalar, rizqqa ta’lluqli kitoblar, Qori’lar bilan uchrashish orqali ega bo’lishlik mumkin. (Intenetdan ham topish mumkin ammo ularning ko’pchiligiga ishonch yo’q)
Ko’p tadbirkorlar aynan shu sohada oqsayotganliklari tufaylik ham hayotda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ba’zi-ba’zida hammamizning ham qu’log’imizga chalinib qoladi: “Falonchi boyning o’gli “Narkoman” bo’lib qolibdi”, “Falonchi kasot bo’lib o’z joniga qasd qilibdi”,” Falonchi boyning qizi erdan qaytib kelibdi”, “Falonchi tuzalmas kasalga yo’liqibdi” va hokazo. Gap shundaki, hozirdagi dunyoviy tuzum oqibatida ko’pchilik hattoki musulmon bo’laturib ham Islom diniga nisbatan shubxa, gumon, qo’rquv, hattoki norozilik his qilishayabti. Bunday bo’lishiga turli xil oqimlarning o’rinlari katta albatta, ammo har qanday inson salgina fikr yuritsa tushunib yetadiki, yer yuzida baxtli saodatli yashashga yetaklaydigan yagona din bu Islom dinidir shuning uchun  ham inson ibodat qilmay iloji yo’q. Chunki Islom osonlik dini. Bu dinda inson ortiqcha ovoragarchilik bilan shug’ullanmay, hamma birdek intiladigan narsaga erishadi.
 Bu esa Qalb xotirjamligi dir. Bizning ertalabdan kechgacha sarson bo’lishligimiz,  pul topib bola-chaqamizni yedirib, ichirib, kiyintirishimiz, qalbimiz xotirjam bo’lishligi uchun emasmi? Biz o’ylaymizki ibodatni chetga surib qo’yib, ish bilan shug’ullansak, yoshlik chog’imizda ishlab, qarigan chog’imizda ibodat qilsak, ana shunda to’gri bo’ladi. Aslida ham shundaymikan? Bu savollarga Islomdan boshqa hech qanday din bu qadar oson tushuntirib, bu qadar yengil yo’llarni ko’rsatib bera olmaydi. Buning uchun esa quyidagi mavzulardagi mav’iza, kitob, eshittirishlarni ko’zdan kechirib chiqishingizni maslahat beramiz:
1.      Tavakkul
2.      Taqvo
3.      Silay-I Rahim
4.      Istig’for va Tavba
5.      Ehson (Har qanday turdagi)
6.      Qalbni Allohga bo’shatish
7.      Xaj va Umra

Bu mavzular aynan Rizq mavzusidagi mavzulardir. Ya’ni agar shu mavzular haqida ma’lumotingiz bo’lsa, siz juda ham Puldor odamga aylanib, shu bilan birga biz yuqorida sanab o’tgan kamchiliklardan yiroqda bo’lishingiz mumkin.


3)      Shaxsiyatingizni o’rganing.
Xozirda ilm fan 50 yilga oldinlab ketdi. Inson mavzusidagi ma’lumotlar, ulaning to’griligi odamlarni o’zlarini o’rganishlikka undamoqda. Xech o’ylab ko’rganmisiz nega siz aynan o’zingiz tug’ilgan sanda tug’ildingiz boshqa sanada emas? Savol kulguli bo’lishi mumkin. Xozirda chet-elda odamlar Numeralogiya, Burjlar, Psihologik testlar Qon guruhlari bilan bog’liq ma’mutlar orqali o’z kelajakalrini tahmin qila olishlik mumkinligiga amin bo’lishyabti. Sizda hech bunday xodisa ro’y berganmi? Ya’ni siz aytaylik avtomobil savdosi bilan shug’ullansangiz ishingiz yurmaydi-yu, agar oziq-ovqat savdosi bilan shug’ullansangiz ishingiz baroridan keladi? Bu albatta g’alati tuyulishi mumkin. Ammo biror bir narsani o’zgartirishdan oldin, inson avval o’zini o’zgartirishi kerak. Aytaylik siz jizzakisiz, bu sizda orttirma harakter bo’lishi mumkin, yoki bu tug’ma bo’lishligi ham mumkin. Tug’ma harakterni o’zgartirish qiyin ammo uni tarbiyalashning iloji bor. Faqat, unga qanday ta’sir ko’rsatish mumkinligini o’rganishlik kerak xolos. Agar bu harakter orttirma bo’lsa, uni yo’qotish mumkin. Chunki bu avval sizda bo’lmagan. Muhit, odamlar, iqlim ta’sirida sizga o’rnashib olgan bo’ladi.
Demak, harakter, temperament, borasidagi ma’lumotlarni qanday topishlik mumkin?
Quyidagi kitoblar sizga yordam berishi mumkin:

1)           Psihologik testlar to’plami-“Men kimman?” “O’zingizni bilasizmi?” va hokazo
2)           Numeralogiya- “Raqamlar va taqdirlar”
3)           Burjlar haqida kitoblar- “Burjlar va Pullar”
4)           Temperamentingizni o'rganing- chunki sizning tabiat (harakter) ingiz sizning
 temperamentingizga bog'liq. «Kasallikni davolash uchun, uni qanday kasallik ekanini, qanday kelib chiqqanligini bilish kerak bo'ladi»
5)            Qon guruhingizni biling- Bu ham o'zingizni tarbiyalashingizga yordam beradi. Qon guruhingiz sizni qaysi unsur (Olov, Suv, Yer, Havo) ga mansubligingizni belgilab beradi. Bu esa sizni qanday narsalarga moyilroq ekaningizni belgilab beradi.


Eslatib o’tamiz: Bunday ma’lumotlar hech qachon 100% tog’ri bo’la olmaydi, va albatta kelajakni aytib berib ham bo’lmaydi. Qolaversa yulduzlarga qarab fol ochish ham mumkin emas. Bu turdagi ma’lumotlarga Statistik ma’lumot” sifatida qarash joiz. Ya’ni olimlar ma’lum bir sonli, aytaylik 100 ta odamni tadqiq qilib, ularni turli guruhlarga joylashtirib, ularga tariff berishgan. Ammo bularni bilsangiz ham foydadan holi bo’lmaydi. “Folga ishonma, folsiz yurma” deydi dono xalqimiz!  



Nima ham derdik. Savol takliflaringiz bo’lsa, blogimizning pastki qismiga habar qoldiring. Agar sizlarga ozgina yordam bera olgan bo’lsak bundan g’oyat mamnunmiz!  






















            

30 комментариев:

  1. Avvalom bor Assalomualiykum Alibek oka man xudo xolasa biznessi boshlamoqchiman ammo manda xozir kotta summa yo'q imkoni bo'lsa maslaxat bersangiz va man qando qlib biznesmenlarning majlisiga maruzalariga qatnashsam bo'ladi

    ОтветитьУдалить
  2. Avvalom bor Assalomualiykum Alibek oka man xudo xolasa biznessi boshlamoqchiman ammo manda xozir kotta summa yo'q imkoni bo'lsa maslaxat bersangiz va man qando qlib biznesmenlarning majlisiga maruzalariga qatnashsam bo'ladi

    ОтветитьУдалить
  3. Asalom alekum man shu yil 3 mart kuni qurilish firma ochib ish olomay 600 ming soliq tolab yopdim ish olishga yordam berolasizlarmi iltimos yana firma ochish niyatim bor

    ОтветитьУдалить
  4. 945081550 973763552 mani nomerim oldinda raxmat

    ОтветитьУдалить
  5. Assalom alakum man xam tadbirkor bulishga qaror qillim lekin qanday ish boshlashni bilmayobman mablag xam yoq kiridit olsam keyin tulay olmasligimdan qurqayobman maslaxat bering

    ОтветитьУдалить
  6. Salom man xam tadbirkor bulishga qaror qillim lekin qanay bilmayman tadbirkorlikni boshlashga reja xam mablag xam yo

    ОтветитьУдалить
  7. salom men biznes bowlamoqciman tavakkal asosida biznesni bowlaganmdan davlat soliqini tulaymanmi yoki wartli muddati bormi

    ОтветитьУдалить
  8. Assalomu alaykum man tadbirkorlik qilmoqchiman lekn mablag' yuq qayerga murojat qilay kredit olish niyatim bor kafe ochmoqchiman zamonaviy yoshim 20 mada uqishga qiziqmadim tadbirkorlik qilmoqchiman yordam bervorizla

    ОтветитьУдалить
  9. Assalomu aleykum akalar men kelajakda katta bizness qilmoqchiman buning uchun avvalam bor katta mablag kk.katta mablagni chet elda iwlab topmoqchiman.topgan summa bn kin biznes bowlayman dxarid va exarid dgan saytladagi uyinkani uynab kucaysa buladimi ? U uyinlada raqobat kundan kunga owib boryapdi yoki biznessi rivojnatiriwni bowqa yuli ham bormi ? Javob un oldindan rahmat!

    ОтветитьУдалить
  10. Salom .biror firma ochib ocgan odam uzi buxgalter uzi firma egasi bula oladimi

    ОтветитьУдалить
  11. Assalamu alaykum maslahatlar uchun kattakon rahmat biza Hudo Holasa yaqin ortada kottaro joy ochmochidi oldin patent olib ishlardi foto studiysmiz bor xozir shuni kottoro qib ofis va yana yoniga boshqa narsala qoshmochidi paynet padklucheniya aksesuar yana boshqa narsala ozim davlat ishida ishliman patent bilan bomasakan kegin ofis oshiga firma kerekan kampaniyala bilan shartnoma qilishga shuning uchun imkoni bolsa qanaqib firma oshichi va nma hujatla yegishi etsez qatga borishi zangiotada turaman kegin qatdan yaxshi joyla topishi chintirsez yaxshi bolardi

    ОтветитьУдалить
  12. Assalamualaikum men ham tadbirkorlik qilmoqchi man biznez reja Bor lekin mablag yoo kridit qanday olinadi
    Maslahatinggiz kere

    ОтветитьУдалить
  13. Man tadbirkorlik qilmoqchiman lkn qaysi yonalish boyicha qanday kilib boshlashi bilmiman

    ОтветитьУдалить
  14. Menda ikta biznes reja bor ammo uni qanday yôyga qôyishni bilmay turibman. Mablaĝimam ozgina kamroq edi. Bazi saytlardan malumot qidiryapman ammo uncha tushunarlimas.

    ОтветитьУдалить
  15. Kimki sherigchilikda ish boshlamoqchi bôlsa menda takliflar bor.

    ОтветитьУдалить
  16. Men bozorda talabgir, ehtiyoj bor mahsulotni oylab izlanyapman, maslahat bervoringlar

    ОтветитьУдалить
  17. Shunday mahsulot ishlab chiqarish kerakki hammaga kerak bolsin, hamma olsin

    ОтветитьУдалить
  18. Assolomu alekum biznes boycha km yoki kmla bn suhbatlashb yol-yo'rg'ni organsam boladi.sz bilannmi manga biznesmenlik orgata olaszmi yo'l yo'rg'ni iltimos nmadan yoki nma qilish kerak oqib chiqdim tepadgi hamma yozganlarizzi yaxshiroqorganshm uchun.

    ОтветитьУдалить
  19. Avvalambor Assalomu aleykum Biznes boshlangan 14 ta dukon ham bor ammo dukonda xaridor kam shunga xaridor jalb qilish va savdoni rivojlantirish uchun nimalar qilsak bo'ladi iltimos maslaxat bersangiz degandim.Savdoni ko'paytirib firma va dukonlarni rivojlantirish uchun nimalar zarur nimalarga e'tibor berishimiz lozim.

    ОтветитьУдалить
  20. Men ham biznes bowlamiqchiman do'kon ochmoqchiman bunda men nimalarga etibor beriwim lozim

    ОтветитьУдалить
  21. Avalom asalom mek tadbirkorlik qilmoqchiman lekin nimadan boshlashni bilmayabman shuni manga õrgatib yuboringla akala mani eliktron pochtamga yozib yuboringla

    ОтветитьУдалить
  22. Assalomu alaykum! Hayrli kun! Yuqoridagi ma'lumot va maslahatlaringiz uchun tashakkur! Men shu aytilgan kitoblarini o'qib chiqsam degan fikrda to'xtadim.

    ОтветитьУдалить
  23. Sporting 100
    Sporting 나주 출장샵 100, Betfair Betfair Exchange, Betfair, Pointsbet, Betfair, Paddy Power 토토사이트 and Skybet now have 의정부 출장안마 Sporting 100s for Best Bets on Sporting 100s 광주광역 출장샵 for Today: The Sporting 여수 출장마사지

    ОтветитьУдалить
  24. Meni yoshim 15 da
    Tadbikor bo'lish uchun maktabda qaysi fanlarni o'qish lozim

    ОтветитьУдалить
  25. Casino in Las Vegas: Guide & Info on the Best Casinos in
    Find a Casino kadangpintar in Las Vegas and play games like blackjack, roulette, craps gri-go.com and more! We've got the septcasino complete herzamanindir.com/ gaming experience, exclusive poormansguidetocasinogambling.com restaurants,

    ОтветитьУдалить