Tadbirkor bo’lish uchun nima qilish kerak?
Tadbirkorlik faoliyati
(bundan keyin TF deb yuritiladi)
bilan shug’ullanish uchun avvalambor siz o’z firmangizga ega bo’lishingiz kerak. Buning uchun siz o’zingiz yashayotgan
shaharning hokimligiga borib, firma ochishlik niyatingiz borligini aytasiz.
Buning uchun ba’zi ma’lumotlarni oldindan tayyorlab borsangiz maqsadga muvofiq
bo’ladi:
1)
Firmangizga
uchun nom
2)
Yer
(offis, uy) kadastri bilan bog’liq hujjat tasdiqnomasi. (Xoxlang o’z
uyingizniki, xox offisingiz binosiniki )
3)
O’zingizni
tasdiqlovchi hujjatlar (Passport)
4)
Firmangiz
muhri
5)
Bankda
hisob raqam
(Bular
haqida to’liq ma’lumotni, hokimlik beradi. Umumiy hujjat ishlari sizga o’rtacha
200-300 ming so’m atrofida to’g’ri keladi.)
Xo’sh firma
ochdingiz, endichi? Endi siz o’z yo’nalishingizni tanlaysiz:
1)
Xizmatlar-(Paynet,
yetkazib berish, mahsulot tashish, o’rnatish…) Bunday faoliyat talabalar, yangi
ish boshlaganlar uchun ayni muddao. Chunki, bular unchalik qimmat emas,
qo’rqitadigan deyarlik hech qanday havf yo’q.
2)
Ishlab
chiqarish mahsulotlari-ya’ni agar siz qandaydir mahsulot ishlab chiqarsangiz
ularni keng ko’lamda sotishingiz kerak. Buning uchun ancha-muncha tajriba kerak
bo’ladi.
3)
Qurilish
ishlari-bu turdagi faoliyat, eng daromadli va shu paytning o’zida eng ko’p
diqqat, mas’uliyat, e’tibor, pul, asab talab qiladigan faoliyatdir. Chunki, bu
turdagi faoliyatning ko’lami o’rtacha-
2 000.000 so’mdan boshlab-10 mlrd
miqdorgacha balki undan ham ko’proqqa cho’zilishi mumkin. Shuning uchun ham
tajribasi yo’qlar bunday ishlarni avval obdon o’rganib keyin boshlash maqsadga
muvofiq.
Umuman olganda har-bir ishda oldindan yaxshilab
o’ylab ish tutish avzal. Xalqimizdagi “Agar tillani qanday ishlatishni
bilmasang, uni topganingni keragi yo’q ” degan ibora bejiz emas axir.
Demak,
firma ochildi, faoliyat tanlanildi endichi? Endi, tanlagan faoliyatingizga
muvofiq ish kerak. Uni qayerdan topish mumkin? Mamlakatimiz olib borayotgan
odilona siyosat natijasida ko’p ishlar qilinyabti. Masalan: TF bilan
shug’ullanuvchi firmalarning solig’i ish ko’lamining atigi 7% ni tashkil etadi.
Ya’ni agar siz 10 million so’mlik ish bajargan bo’lsangiz, bu uning 700 ming
so’mini tashkil qiladi. Ba’zi bir davlatlarda esa solig’ o’rtacha 15% ni
tashkil qiladi. Shuning uchun ham AQSH dagi har 10 firmadan 7 tasi
faoliyatining birinchi 5 yilida kasotga uchraydi. Boshqalar esa soliq
to’lamaslik uchun turli xil mahinatsiyalarni ishga soladi. Bu esa oxir borib
qamoqqa olinadi degani. Bundan tashqari, bizda agar TF ni boshlagan bo’lsangiz,
sizga hech qanday kuchlar ta’sir o’tkaza olmaydi, chunki zo’ravonlikka
davlatimiz qonunda ham, amalda ham yo’l qo’ymaydi. Buni solishtirish uchun
Turkiyani olaylik. Davlat qonuni bo’yicha har bir tadbirkor erkin, ammo u yerda
ko’proq hollarda Qurol Kuchi ustun keladi. Ya’ni biror bir tadbirkorning
firmasi ma’lum zo’ravonga “qarashli” xududda faoliyat yuritayotgan bo’lsa,
demak o’sha zo’ravonga Ximoya xaqqi to’lashligi kerak. Bu haq boshqa zo’ravon,
bu odamga ish yuritishga halaqit bermasligining belgisi. Agar tadbirkor bosh
tortsa yo ishini, yo tinchligini yoki (ko’proq xollarda) hayotini to’xtatishiga
to’g’ri keladi. Yaratganga beadad shukrlar bo’lsinki bizda bunday ishlar
deyarli kuzatilmaydi.
Bizda
imkoniyatlar juda ko’p shunchaki xalqimizda ruslar davridan qolib ketgan
noshukrlik bor xolos.
Xo’sh.
Leksiyani to’xtatib davom etamiz…
Davlatimiz yaratib bergan va biz sizlarga ma’lumot bermoqchi bo’lgan yana bir imtiyoz
bu tadbirkolar uchun maxsus internet web-saytlaridir. Bulardan: Torg.uz, davlatxarid.uz va boshqalar. Biz sizlarga davlatxarid.uz saytini taklif qilamiz.
Bu saytda siz yosh tadbirkormisiz, yoki tajribalikmi, faoliyatingizga bog’liq e’lon, taklif, tanlov,
tenderlarni topishingiz mumkin.
Bu saytga kirgach siz ekraningizda 5
sahifani ko’rasiz:
Bu saytda 100.000 $ gacha bo’lgan ishlar
ro’yxati tuzilgan. Avval saytni O'zbekchaga o'girishimiz kerak, buning uchun
kursor (Sichqoncha)ni ekranning o'ng tomonidagi o'zbek bayrog'iga olib borib
tugmani bosamiz.
Endi esa, bo'limlar bilan tanishib chiqamiz!
E'lonlar bo'limi- Bu mamlakatdagi barcha turdagi
e'lonlar, tenderlar, tanlovlar joylashtirilgan. Ularning ichida davlat
tenderlari ham, nodavlat tanlovlar ham bor.
Davlat xaridlari- Bu yerda faqatgina davlat tanlov,
tenderlari mavjud
Tadbirkor takliflari- Bunda nomidan kelib chiqib bilishimiz mumkin, tadbirkorlar o'rtasidagi takliflar o'rin
olgan.
Nodavlat xaridlar- Bu bo'limda nodavlat tashkilotlar yoki shxslar tomonidan
tayyorlangan e'lonlar o'rin olgan.
Bu sahifalar yordamida siz o’zingiz xoxlagan turdagi e’lon, taklif, tanlov,
tenderlarni tanlab faoliyat yuritishingiz mumkin.
Masalan: Aytaylik siz Qurilish faoliyatidagi
firma rahbarisiz va sizga 20.000.000 so’mlik ish kerak. Demak, buning siz shu
sayt orqali sahifalardan birini tanlaysiz va sahifaning chap tomonining o’rta
qismida kichik yozuvlarni ko’rasiz (300$
gacha bo’lgan e’lonlar, 300 $ dan yuqori bo’lgan e’lonlar…) O’sha
yozuvlardan birini tanlashingiz yoki, yuqoridagi 5 sahifadan birma bir izlab
ko’nglingiz tusaganini tanlashingiz mumkin.
Sahifalar ichida mamalakatimizning
deyarli har bir viloyatiga doir e’lonlar mavjud. (Yangi ish boshlagan yosh tadbirkorlarga o’ziga yaqin bo’lgan shahar
/tuman ishlarini tanlash maqsadga muvofiq, chunki ko’zda tutilmagan chiqimlar
koefissenti ancha kamayadi)
Demak,
biror bir e’lonni tanladingiz, endi esa o’sha tanlagan e’loningiz haqidagi
ma’lumotlarni biror bir yerga yozib qo’ying…
1) E’lon Loti-Masalan: 2236596
2) Ish ko’lami- Masalan: 20.000.000
so’m
3) Ish joyi- Jahon tillari institute/ Toshkent
Endi
esa, agar tanlagan ishingizni bajarmoqchi bo’lsangiz, siz ro’yhatdan o’tgan
viloyat Birjasiga borib o’zingizga Broker tanlaysiz. Siz tanlagan Broker sizga
INN raqami beradi. Siz o’z Brokeringizga siz tanlagan ishning LOT
raqamini ko’rsatib, shu ishda qatnashmoqchiligingizni aytasiz. Shunda u siz
uchun o’sha tanlovda qatnashadi. Darvoqe, tanlovda g’olib bo’lishingiz uchun,
standart summadan ozroq, pul taklif qilishingiz to’gri bo’ladi. Chunki u yerda
xuddi bozordagidek savdolashish ketadi. Ya’ni aksiya uyushtirayotgan tashkilot
ishni sifatli, ko’zlagainidan ko’ra arzon xolda bitishini xoxlaydi. Shuning
uchun tadbirkorlar o’rtasida tanlov ketadi. Masalan: Siz 20.000.000 lik obyektga
19.500.000 so’mlik taklif kirityabsiz. Ammo, boshqa firma esa bu ishni
19.000.000 so’mga bitkazmoqchi. Ko’rinib turibdiki raqibingiz bu ishda g’olib
bo’lib chiqish imkoniyati ko’proq. Bu bizness!
Muvoffaqiyatlik tadbirkor bo’lish
uchun, ko’p qobiliyatlarga ega bo’lishlik kerak. Buning uchun esa siz shaxsiy
qobiliyatlaringizni rivojlantirishingiz kerak. Statistik ma’lumotlarga
qaraganda hozirda har qanday ma’lumot, yangilik 6 oydan so’ng eskiradi. Bu “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” maqolimiz,
hozirgi davrda naqadar o’rinliligini tasdiqlaydi.
Qobiliyatlaringizni rivojlantirishning yo’llari:
1) Sizga haqiqatda kerak bo’lgan muhitni toping.
Chunki,
sizning atrofingizdagi odamlar sizning g’oya, fikr, qiziqishlaringizga mos
kelishi kerak. Aytaylik, siz biror odamga o’z g’oyangini aytdingiz, uning esa
fikri hayoli ichkilik, kayf-u safo, ijtimoiy tarmoq (odnoklasniki, facebook,…)
serial, qizlar kabi behuda narsalardan holi emas. Albatta, u ustingizdan
kulishi turgan gap. Sabab u hali ham yoshligidagi dunyoqarashi bo’yicha qolib
ketgan. Uning bechora miyasi siz uchun dohiyona bo’lgan fikrni qabul qila
olmaydi. Uning harakatlari sizning jahlingizni chiqarishi, kayfiyatingizni
buzishi, va hattoki g’oyangizdan voz kechishingizga olib kelishi mumkin. Eng
to’g’ri yo’l o’sha odamdan vaqtinchalik voz kechish emasmikan…? Agar siz TF ga
qiziqayotgan bo’lsangiz, u holda o’zingizga o’xshagan insonlardan tashkil
topgan guruhlarga qo’shilishingiz maqsadga muvofiq. Masalan “Kelajak Ovozi”
markazida “Yosh tadbirkorlar” klubi tashkil etilgan. Yoki Tarmoqli marketing
kompaniyalarining uchrashuvlariga boring. (Yodingizda tuting: Tarmoqli marketing
bilan shug’ullanishdan oldin, u kompaniyaning bizning davlatimiz ruhsat bergan
mezonlari bormi? Tekshirib ko’ring!) Bunday muhit sizga, kerakli bilim,
malaka, va hattoki zavq beradi. Chunki aynan shunday joylar yordamida siz
porloq kelajagingiz sari oldinlab borasiz.
2) Dunyoqarashingizni kengaytiring.
Buning yo’llari ko’p: Kitob o’qish,
mashhur biznesmenlarning audio kassetalarini tinglash, seminar-treninglarda
qatnashish, katta biznessmenlar bilan bo’lib o’tadigan suhbatlarda qatnashish
va hokazo. Kitoblar: O’zbek tilida
bu sohada ayni paytda kitoblar ko’p. Bulardan boshlang’ich bosqich sifatida
quyidagi kitoblarni taklif qilamiz:
1.
Ravshan Xonniyoz: “Omad zinasining
yetti pog’onasi”, “Bobilning eng boy odami”,
“Besh dengiz osha”
2.
Jim Ron: “Boylik kaliti”
3.
Robert Kiosaki: “Boy ota, kamba’gal
ota”, “Boy bola, aqlli bola”, “Pul oqimi kvadranti” …
Agar siz chet-tillarida ham kitob o’qiy
oladigan bo’lsangiz, unda balli! Chunki rus-ingliz tillarida bunday kitoblar
qalashib yotibdi. Ammo ularni tarjima qilish uchun bizningcha kadrlarimiz,
tashabbuskor yoshlarimiz yetishmayabti. Agar siz ularni o’qisangiz, aminmizki,
siz dunyoga o’zgacha nazar bilan boqishni boshlaysiz.
Kitoblar borasida diniy kitoblar haqida ham alohida
to’xtalib o’tishlik kerak. Chunki Islom dinida aynan Halol Rizq haqida, rizqqa
baraka keltirish, qalb xotirjamligiga erishish haqida ma’lumotlar talaygina.
Bularga audio mav’izalar, rizqqa ta’lluqli kitoblar, Qori’lar bilan uchrashish
orqali ega bo’lishlik mumkin. (Intenetdan
ham topish mumkin ammo ularning ko’pchiligiga ishonch yo’q)
Ko’p tadbirkorlar aynan shu sohada
oqsayotganliklari tufaylik ham hayotda turli xil qiyinchiliklarga duch
kelishmoqda. Ba’zi-ba’zida hammamizning ham qu’log’imizga chalinib qoladi: “Falonchi boyning o’gli “Narkoman” bo’lib
qolibdi”, “Falonchi kasot bo’lib o’z joniga qasd qilibdi”,” Falonchi boyning
qizi erdan qaytib kelibdi”, “Falonchi tuzalmas kasalga yo’liqibdi” va
hokazo. Gap shundaki, hozirdagi dunyoviy tuzum oqibatida ko’pchilik hattoki
musulmon bo’laturib ham Islom diniga nisbatan shubxa, gumon, qo’rquv, hattoki
norozilik his qilishayabti. Bunday bo’lishiga turli xil oqimlarning o’rinlari
katta albatta, ammo har qanday inson salgina fikr yuritsa tushunib yetadiki, yer
yuzida baxtli saodatli yashashga yetaklaydigan yagona din bu Islom dinidir
shuning uchun ham inson ibodat qilmay
iloji yo’q. Chunki Islom osonlik dini. Bu dinda inson ortiqcha ovoragarchilik
bilan shug’ullanmay, hamma birdek intiladigan narsaga erishadi.
Bu esa Qalb
xotirjamligi dir.
Bizning ertalabdan kechgacha sarson bo’lishligimiz, pul topib bola-chaqamizni yedirib, ichirib,
kiyintirishimiz, qalbimiz xotirjam bo’lishligi uchun emasmi? Biz o’ylaymizki
ibodatni chetga surib qo’yib, ish bilan shug’ullansak, yoshlik chog’imizda
ishlab, qarigan chog’imizda ibodat qilsak, ana shunda to’gri bo’ladi. Aslida
ham shundaymikan? Bu savollarga Islomdan boshqa hech qanday din bu qadar oson
tushuntirib, bu qadar yengil yo’llarni ko’rsatib bera olmaydi. Buning uchun esa
quyidagi mavzulardagi mav’iza, kitob, eshittirishlarni ko’zdan kechirib
chiqishingizni maslahat beramiz:
1. Tavakkul
2. Taqvo
3. Silay-I Rahim
4. Istig’for va Tavba
5. Ehson (Har qanday turdagi)
6. Qalbni Allohga bo’shatish
7. Xaj va Umra
Bu mavzular
aynan Rizq mavzusidagi mavzulardir. Ya’ni agar shu mavzular haqida
ma’lumotingiz bo’lsa, siz juda ham Puldor odamga aylanib, shu bilan birga biz
yuqorida sanab o’tgan kamchiliklardan yiroqda bo’lishingiz mumkin.
3) Shaxsiyatingizni o’rganing.
Xozirda ilm fan 50 yilga oldinlab ketdi. Inson
mavzusidagi ma’lumotlar, ulaning to’griligi odamlarni o’zlarini o’rganishlikka
undamoqda. Xech o’ylab ko’rganmisiz nega siz aynan o’zingiz tug’ilgan sanda
tug’ildingiz boshqa sanada emas? Savol kulguli bo’lishi mumkin. Xozirda chet-elda
odamlar Numeralogiya, Burjlar, Psihologik testlar Qon guruhlari bilan bog’liq
ma’mutlar orqali o’z kelajakalrini tahmin qila olishlik mumkinligiga amin
bo’lishyabti. Sizda hech bunday xodisa ro’y berganmi? Ya’ni siz aytaylik
avtomobil savdosi bilan shug’ullansangiz ishingiz yurmaydi-yu, agar oziq-ovqat
savdosi bilan shug’ullansangiz ishingiz baroridan keladi? Bu albatta g’alati
tuyulishi mumkin. Ammo biror bir narsani o’zgartirishdan oldin, inson avval
o’zini o’zgartirishi kerak. Aytaylik siz jizzakisiz, bu sizda orttirma harakter
bo’lishi mumkin, yoki bu tug’ma bo’lishligi ham mumkin. Tug’ma harakterni
o’zgartirish qiyin ammo uni tarbiyalashning iloji bor. Faqat, unga qanday
ta’sir ko’rsatish mumkinligini o’rganishlik kerak xolos. Agar bu harakter
orttirma bo’lsa, uni yo’qotish mumkin. Chunki bu avval sizda bo’lmagan. Muhit,
odamlar, iqlim ta’sirida sizga o’rnashib olgan bo’ladi.
Demak, harakter, temperament, borasidagi
ma’lumotlarni qanday topishlik mumkin?
Quyidagi
kitoblar sizga yordam berishi mumkin:
1)
Psihologik
testlar to’plami-“Men kimman?” “O’zingizni bilasizmi?” va hokazo
2)
Numeralogiya-
“Raqamlar va taqdirlar”
3)
Burjlar
haqida kitoblar- “Burjlar va Pullar”
4)
Temperamentingizni
o'rganing- chunki sizning tabiat (harakter) ingiz sizning
temperamentingizga bog'liq. «Kasallikni
davolash uchun, uni qanday kasallik ekanini, qanday kelib chiqqanligini bilish
kerak bo'ladi»
5)
Qon guruhingizni biling- Bu ham o'zingizni tarbiyalashingizga
yordam beradi. Qon guruhingiz sizni qaysi unsur (Olov, Suv, Yer, Havo) ga mansubligingizni
belgilab beradi. Bu esa sizni qanday narsalarga moyilroq ekaningizni
belgilab beradi.
Eslatib o’tamiz: Bunday ma’lumotlar hech qachon
100% tog’ri bo’la olmaydi, va albatta kelajakni aytib berib ham bo’lmaydi.
Qolaversa yulduzlarga qarab fol ochish ham mumkin emas. Bu turdagi
ma’lumotlarga “Statistik ma’lumot” sifatida qarash joiz. Ya’ni olimlar
ma’lum bir sonli, aytaylik 100 ta odamni tadqiq qilib, ularni turli guruhlarga
joylashtirib, ularga tariff berishgan. Ammo bularni bilsangiz ham foydadan holi
bo’lmaydi. “Folga ishonma, folsiz yurma” deydi dono xalqimiz!
Nima ham derdik. Savol takliflaringiz bo’lsa,
blogimizning pastki qismiga habar qoldiring. Agar sizlarga ozgina yordam bera
olgan bo’lsak bundan g’oyat mamnunmiz!